Video, audio va o‘yinlar haqida tez-tez beriladigan savollar

Videolar

Maslahat

Video haqida Brauzerda video ijro etish ruknida o‘qing.

Videoni ijro etishdagi muammolar

Agar Brauzerda video o‘rniga qora ekran ko‘rsatilsa, onlayn o‘yinlarda tasvir pirpirab tursa, video uzoq yuklansa, doim sekin ijro etilsa yoki to‘liq ekranga almashilganda to‘xtab qolsa, muammoni quyidagi usullarning biri yordamida bartaraf eting:

Kengaytmalarni o‘chiring

Ayrim kengaytmalar sahifalardagi kontentni, jumladan, video va rasmlarni ko‘rsatishni cheklaydi. O‘rnatilgan kengaytmalarni tekshirish uchun:

  1.  → Kengaytmalar tugmasini bosib, barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.

  2. Brauzerni qayta ishga tushiring: uni Ctrl + Shift + Q (Windows va Linux tizimida) yoki  + Q (MacOS tizimida) tugmalar kombinatsiyasi bilan yoping, keyin qayta oching.

  3. Brauzerda sahifaning oldinroq saqlangan nusxasi yuklanmasligi uchun keshni tozalang.

  4. Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping. Har safar Brauzerni qayta ishga tushiring.

  5. Bu kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.

Apparat tezlashish sozlamalarini o‘zgartiring

Apparat qismi yordamida tezlatish funksiyasini yoqib yoki faolsizlantirib koʻring.

  1. SozlamalarTizim tugmasini bosing.
  2. Samaradorlik boʻlimida Imkoniyatga qarab apparat tezlashishidan foydalanish funksiyasi yoniq boʻlsa, uni faolsizlantiring. Agar ushbu parametr nofaol boʻlsa, uni yoqing.
  3. Brauzeringizni Ctrl + Shift + Q (Windows va Linux tizimlarida) yoki  + Q (macOS tizimida) tugmalari yordamida yoping.
  4. Oʻzgarishlar kuchga kirishi uchun Brauzerni qayta ishga tushiring.
Video drayverlarni yangilang
  1. Ishga tushirish → Boshqaruv paneli → Qurilma dispetcheri tugmasini bosing.
  2. Video adapterlarni oching — grafik kartalar roʻyxati chiqadi.
  3. Video-kartangiz nomining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
  4. Kontekst menyusida Drayverlarni yangilash bandini tanlang.

Muammo hal etilganini tekshiring. Muammo hal etilmasa, bizga yozing. Maktubda drayverlar yangilanligini yozing.

Ovoz past yoki umuman yo‘q

Videodagi tovush muammolarini hal qilish haqida Audio haqida tez-tez beriladigan savollar bo‘limida tanishing.

Linux'da videoga aloqador muammolar
Video drayverlarni yangilang

Eng yangi yangilanishlar va video drayverlarni o‘rnatganingizni tekshiring:

sudo apt update && sudo apt upgrade

sudo dnf install ffmpeg-libs

Drayverlarga oid muammolarni bartaraf etish uchun boshqa ilovalarda (masalan, VLC) video ishlashini tekshiring.

Kodeklarni o‘rnating
  1. Brauzer versiyasini tekshiring.

  2. Agar 23.3.0 versiyadan eskiroq boʻlsa, Brauzerni yangilang.

  3. Quyidagi buyruqlarni bajarib, GStreamer paketlarini o‘rnating:

Mint
sudo apt install libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-plugins-bad-faad gstreamer1.0-libav
Ubuntu
sudo apt install libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-libav
Astra Linux
sudo apt-get install ffmpeg-plugin-browser libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-plugins-bad-faad gstreamer1.0-libav
Alt Linux
su -lc 'apt-get install gstreamer1.0 gst-plugins-base1.0 gst-plugins-good1.0 gst-plugins-bad1.0 gst-libav'
RED OS
dnf install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
yum install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
ROSA “KOBALT” 7.9
dnf install libgstreamer1.0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-libav
AlterOS
yum install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
OpenSUSE
sudo zypper install gstreamer gstreamer-plugins-base gstreamer-plugins-good gstreamer-plugins-bad gstreamer-plugins-libav
  1. Brauzerni qayta ishga tushiring. Agar bu yordam bermasa, uni yoping va konsolda quyidagi buyruqni bajaring:
rm ~/.cache/gstreamer-1.0/registry.x86_64.bin
Qo‘shimcha kodeklarni o‘rnating

Ayrim video formatlari uchun qo‘shimcha kodeklar talab qilinishi mumkin:

sudo apt install ffmpeg chromium-codecs-ffmpeg-extra

sudo dnf install ffmpeg-libs

“Override software rendering list” sozlamasini o‘zgartiring
  1. Aqlli satrda quyidagi manzilni yozing: browser://flags/#ignore-gpu-blacklist.
  2. Enter tugmasini bosing.
  3. Bularni toping va o‘rnating: Ignore GPU block listEnabled Hardware decode acceleration for LinuxEnabled Video decoder.
  4. Brauzerni qayta ishga tushiring. Brauzerni yopish tugmasini yoki Ctrl + Shift + Q (Windows) yoki + Q (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.
Video ijro etilmaydi, lekin kompyuterga yuklanadi

Agar sayt egasi Brauzerda fayl ochilishini taqiqlagan bo‘lsa, fayl foydalanuvchi kompyuteriga yuklanadi. Uni Brauzerda ochish uchun Brauzer oynasiga Aqlli satrning o‘ng tomonida paydo bo‘lgan yuklab olingan fayl belgisini olib keling yoki quyidagi tugmalarini bosing Ctrl + O va Yuklanmalar jildida kerakli faylni tanlang.

Himoyalangan kontent ijro etilmayapti

Sharh

Inkognito rejimida himoyalangan kontent ijro etilmaydi.

Agar mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentli video ijro etilmasa:

Brauzerni yangilang va qayta ishga tushiring

Eski Brauzerda videoni tez yuklash texnologiyasi ishlamasligi mumkin. Yandex Brauzerning oxirgi versiyasini oʻrnating.

Brauzerni birinchi marta ishga tushirganda kontentni shifrlash tizimining toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha plaginlar ham ulanmasligi mumkin. Ushbu xatoni tuzatish uchun Brauzerni qayta ishga tushiring – plaginlar avtomatik ravishda ulanadi.

Himoyalangan kontentni ijro etishga ruxsat bering
  1.  → Sozlamalar → Saytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Himoyalangan kontent boʻlimida Himoyalangan kontentni ijro etishga ruxsat berish parametrini yoqing.

  4. Ayrim xizmatlar kontentni himoya qilish uchun qurilma unikal identifikatorlaridan foydalanadi. Ular Himoyalangan kontent identifikatorlari boʻlimida ishlashi uchun Saytlar xavfsiz kontentni ijro etish uchun identifikatorlardan foydalanishiga ruxsat berish (faqat Windows uchun) parametrini yoqing.

Brauzerda NPAPI va Unity ishlamaydi

Brauzer endi Unity Web Player asosida yaratilgan NPAPI modulini dastaklamaydi. Bu texnologiya eskirgan, Unity kompaniyasi ushbu modulni qoʻllab-quvvatlashni ham toʻxtatgan.

Veb-saytga kirishda videoning avtomatik ijrosini o‘chirolmayapman

Ayrim veb-saytlarga o‘tilganda, video ijrosi avtomatik ravishda boshlanadi. Afsuski, Brauzerda saytdagi videolarni avtomatik ishga tushirishni taqiqlash imkoniyati mavjud emas.

Brauzer veb-kamerani koʻrmayapti

Boshqa dasturlar kamerani aniqlanishini tekshiring.

  • Aks holda, kamera drayveri soz oʻrnatilganligiga ishonch hosil qiling va zarur holatda uni qayta oʻrnating:

    1. Ishga tushirish → Boshqaruv paneli → Qurilma dispetcheri tugmasini bosing.

    2. Kameralar ilovasini oching - kameralar roʻyxati chiqadi.

    3. Kameraning nomini sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing.

    4. Kontekst menyusida Drayverlarni yangilashbandini tanlang.

  • Agar shunday boʻlsa, uni Brauzer sozlamalarida qoʻlda koʻrsating:

    1.  → Sozlamalar → Saytlar tugmasini bosing.

    2. Saytning kengaytirilgan sozlamalarini oching.

    3. Kameradan foydalanish boʻlimida kamerani tanlang va Ruxsat soʻrash parametrini yoqing.

    Agar bu yordam bermasa, brauzer yordam xizmatga yozing.

Windowsda «Video kodeklar topilmadi» xatosi

Agar saytda video ijro etilmasa va «Video kodeklar topilmadi» xatosi paydo boʻlsa, bu sizda kerakli kodeklar boʻlmagan Windows N/KN versiyasi oʻrnatilganini bildiradi.

Windows versiyasini tekshiring:

  1. Ishga tushirish → Boshqaruv paneli → Tizim tugmasini bosing.

  2. Windows kompyuter versiyasi haqida maʼlumot toping. Masalan, “Windows 10 Pro N”.

Windows versiyasini tanlang:

Windows N/KN versiyasi emas

Bizga shakl orqali yozing.

Windows 7 N/KN
  1. Brauzerni yoping. Brauzerni yopish tugmasini yoki Ctrl + Shift + Q (Windows) yoki + Q (macOS) tugmalar birikmasini bosing.

  2. Brauzerni qayta ishga tushiring va video ijrosini tekshiring.

Agar bu yordam bermasa, bizga shakl orqali yozing.

Windows 8 N/KN

Windows 8 N/KN uchun Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

Windows 8.1 N/KN

Windows 8.1 N/KN uchun Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

Windows 10 N/KN

Windows 10 N/KN uchun Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

Audiolar

Maslahat

Audio haqida Brauzerda audio tinglash ruknida o‘qing.

Men o‘zimni eshitmayapman
Brauzer sozlamalarida mikrofonni qo‘shing
  1.  → Sozlamalar → Saytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Mikrofonga kirish bo‘limida qurilmani oddiy usulda tanlang.

Mikrofonni tekshiring
  1. Windows platformasida Boshqaruv panelini oching.

  2. Ovoz tugmasini bosing.

  3. Yozib olish sahifasida kerakli mikrofonni toping.

  4. Unga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va sukut bo‘yicha foydalanish buyrug‘ini tanlang.

  5. Yana bir bor mikrofon ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Xususiyatlar buyrug‘ini tanlang.

  6. Ochilgan oynada Darajalar sahifasiga kiring. Har ikkala parametr bir vaqtning o‘zida minimal yoki maksimal darajaga belgilanmasligi kerak.

  7. Qo‘shimcha varag‘iga o‘ting va Qo‘shimcha tovush vositalarini yoqish parametri faol emasligiga ishonch hosil qiling.

  8. Maxsus tovush effektlaridan foydalanish funksiyasini faolsizlantiring. Yaxshilash sahifasini oching. Barcha tovush effektlarini faolsizlantirish parametrini tanlang va Tatbiq etish → Ok tugmasini bosing.

Mikrofonni sozlashga oid batafsil axborot bilan Windows Yordam sahifasida tanishing.

Audio drayverlarni yangilang
  1. Start → Boshqaruv paneli → Qurilma dispetcheriOvozli, o‘yin va video qurilmalar tugmasini bosing.

  2. Ro‘yxatni oching.

  3. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan drayver nomini bosing → XususiyatlarDrayverDrayverni yangilash.

Ovoz past yoki umuman yo‘q
Boshqaruv panelida tovushni tekshiring

Aqlli satrning o‘ng tomonida belgisini bosing. Tovush o‘chirilgan bo‘lsa, varaqda belgisi aks etadi. Tovushni uchun ushbu belgini bosing.

Operatsion tizim sozlamalarida tovush balandligi miksherini tekshiring
  1. Brauzer orqali internetdagi har qanday video yoki musiqa pleyerini yoqing.

  2. Ekranning pastki o‘ng burchagida joylashgan vazifalar panelidagi Звук belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.

  3. Ochilgan menyuda Tovush balandligi miksheri bandini bosing va tovushni balandroq qiling.

  1. Brauzer orqali internetdagi har qanday video yoki musiqa pleyerini yoqing.

  2. Tizim sozlamalari → Tovush tugmasini bosing.

  3. Ochilgan oynada tovush balandligi miksherini sozlang.

Audio ijro etilmayapti

Audioni bloklaydigan kengaytmani topishga urining:

  1.  → Kengaytmalar ilovasini oching va barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.

  2. Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping.

  3. Kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.

Oʻyinlar

Oʻyinlar ishlamayapti
Videokarta drayverlarini yangilang
  1. Ishga tushirish → Boshqaruv paneli → Qurilma dispetcheri tugmasini bosing.
  2. Video adapterlarni oching — grafik kartalar roʻyxati chiqadi.
  3. Video-kartangiz nomining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
  4. Kontekst menyusida Drayverlarni yangilash bandini tanlang.
“Override software rendering list” sozlamasini o‘zgartiring
  1. Aqlli satrda quyidagi manzilni yozing: browser://flags/#ignore-gpu-blacklist.
  2. Enter tugmasini bosing.
  3. Qidiruv satrida Override software rendering list deb yozing.
  4. Yoqilgan yoki Enabled qiymatini tanlang.
  5. Brauzerni qayta ishga tushiring. Brauzerni yopish tugmasini yoki Ctrl + Shift + Q (Windows) yoki + Q (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.
Brauzerni kalit bilan ishga tushiring.
  1. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Yandex Brauzer yorlig‘ini bosing → Xususiyatlar.

  2. Obyekt satrida --ignore-gpu-blocklist parametrini qo‘shing.

    Bu muhim

    browser.exe dan keyin bo‘shliq bo‘lishi shart. Obyekt satriga misol:
    C:\Users\%username%\AppData\Local\Yandex\YandexBrowser\Application\browser.exe --ignore-gpu-blocklist

  3. Brauzerni qayta ishga tushiring. Brauzerni yopish tugmasini yoki Ctrl + Shift + Q (Windows) yoki + Q (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.

Sichqoncha kursori onlayn o‘yinda qotib qolyapti

Yandex Brauzerdagi ayrim onlayn o‘yinlarda sichqoncha tugmalarini bosganingizda kursor qotib qolishi mumkin. Bunday holda, sichqoncha ishoralarini faolsizlantiring:

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.
  2. Sichqoncha ishoralari ruknida Yoqish bandini faolsizlantiring.

Agar bu yordam bermasa, bizga bu haqida xabar bering.

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.